Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi N'Golo Kante uning Evropaga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Hozircha "Parij"ga yoki Liga 1ning boshqa biror klubiga o'tishim noma'lum. Hozircha bu savolni o'ylab ko'rmadim. Hozirda "Al-Ittihod" bilan amaldagi shartnomam bor. Frantsiyaga ko'chib o'tishni istisno qilmayman, ammo bu hozircha dolzarb emas," - deya 34 yoshli yarim himoyachining so'zlarini keltiradi AS.

Tajribali yarim himoyachi 2023 yilning yozidan buyon saudiyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Kantening bozor narxi besh million evroga baholanmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi.