Kanselu hozircha "Barselona"ga EChLda yordam bera olmaydi

"Barselona" qanot himoyachisi Joau Kanselu Chempionlar ligasi o'yinlarida hozircha jamoaga yordam bera olmaydi.
SPORT xabariga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik fullbek EChL guruh bosqichi o'yinlarda ro'yxatdan o'tmagan, shuning uchun u ertaga bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok etmaydi.
Futbolchi pley off o'yinlaridan boshlab turnirda ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi.
"Barselona" ertaga, 21 yanvar kuni "Slaviya" mehmoni bo'ladi.