Kannavaro Osiyo terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

29 sentyabr kuni Milanda Xitoy futbol federatsiyasi va Fabio Kannavaro o'rtasida muzokaralar o'tkazilgan.
Manbaga ko'ra, xitoyliklar italiyalikni terma jamoani boshqarishga ko'ndirish uchun yangi taklif tayyorlagan. Avvalroq Kannavaro ularning taklifini rad etgandi - u Evropadan taklif bo'lishiga umid qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Kannavaro avval ham Xitoyda ishlash tajribasiga ega bo'lgan: u 2014-2015 yillarda "Guanchjou" klubini boshqargan, 2017-2021 yillarda esa yana shu jamoani boshqargan. 2019 yilning bahorida u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajargan va uning qo'l ostidagi jamoa ikkita o'rtoqlik o'yinida - O'zbekiston va Tailandga yutqazgan.
Kannavaro ishlagan so'nggi klub Zagrebning "Dinamo" klubi edi. U 3,5 oydan so'ng aprel oyida bu lavozimni tark etdi.