Kannavaro "Napoli" chempion bo'lishiga shubha qilmayapti

Fabio Kannavaro "Napoli" Italiya chempionati joriy mavsumida chempion bo'lishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, neapolliklar Skudettoning amaldagi chempionlari hisoblanadi, ularga Antonio Konte ustozlik qilmoqda.
"Men uchun javob aniq - "Inter" kuchliroq bo'lsa-da, "Napoli" chempion bo'ladi. "Milan"da Allegri bor, u juda ayyor tulki, shuningdek, evrokuboklarda ishtirok etmayapti - bu muhim. "Roma" "Yuventus"dan bir qadam oldinda," - deya Kannavaroning so'zlarini keltiradi Pianetamilan.
Ayni paytda turnir jadvalida "Inter" peshqadamlik qilmoqda.