O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Italiyada reabilitatsiya jarayonini o'tkazayotgan futbolchilarimiz Jaloliddin Masharipov hamda Husniddin Aliqulov bilan uchrashdi.

O'FAning yozishicha, bosh murabbiy futbolchilarimizning tiklanish jarayoni bilan yaqindan tanishib, ularga tezroq safga qaytish tilagini bildirdi.