O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro milliy jamoa futbolchilari Aziz G'aniev va Abdulla Abdullaev qarama-qarshiligidagi “Al-Bataeh” — “Dibba Al-Fujayra” uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qildi. Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Ushbu bahsda har ikkala futbolchimiz ham to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

Uchrashuv Abdulla Abdullaevning jamoasi "Fujayra"ning 1:0  hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.