Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor"

“Darvozabon Abduvohid Ne'matovning qo'lida kichik jarohat bor. Jiddiy emas, ammo bu baribir jarohat. Shifokorlarning yakuniy xulosasini kutamiz va ertaga maydonga tushishi yoki tushmasligi bo'yicha qaror qabul qilamiz” - dedi Kannavaro.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Suriya bahsi ertaga (1 oktyabr) “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 19:00da start oladi.
Kommentariyalar