Kanisares "Real"ni jamoaning uchta etakchisidan xalos bo'lishga chaqirdi

«Real»ning sobiq darvozaboni Santyago Kanisares madridliklarning uch nafar etakchisi haqida keskin fikr bildirdi. Faxriy posbonning fikricha, ushbu futbolchilar jamoani tark etishlari kerak.
Kanisares jamoa sardori Dani Karvaxalni o'z vazifalarini bajarmayotganlikda aybladi, chunki u maydonda juda kam ko'rinish bermoqda.
Bundan tashqari, Kanisares vitse-sardor Federiko Valverde ham etakchilik qobiliyatlarini namoyish eta olmaganini ta'kidladi. Faxriy darvozabonning so'zlariga ko'ra, urugvaylik futbolchi e'tiborsizlik qilgan va o'z majburiyatlarini uddalay olmay, Tchuameni bilan nizo kelib chiqishiga sababchi bo'lgan.
Shuningdek, Kanisares Vinisius Juniorni ham tanqid ostiga oldi. U braziliyalik futbolchini muvaffaqiyatsiz mavsumdagi xatolarni tuzatish o'rniga, klub tomonidan qo'lga kiritilgan ko'plab sovrinlar bilan maqtanishda aybladi. Kanisares ayrim o'yinlarda Vinisius o'zini nomunosib tutganini qayd etdi.