Kane Uest kontserti sababli «Qayrat» «Omoniya»ga qarshi EChL saralash o'yinini Olmaotadan Turkistonga ko'chirdi

Kane Uestning kontserti tufayli «Qayrat» Chempionlar Ligasidagi o'yinini boshqa shaharga ko'chirishga majbur bo'ldi.
Qozog'istonning «Qayrat» klubi Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqichi doirasida Kiprning «Omoniya» jamoasiga qarshi kechadigan javob uchrashuvi boshqa maydonga ko'chirilganini ma'lum qildi. Uchrashuv 29 iyul kuniga belgilangan. Ilk bahsda Qozog'iston klubi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
«14 avgust kuni Olmaota shahridagi Markaziy stadionda Kane Uestning kontserti o'tkazilishi munosabati bilan, ushbu tadbir evrokuboklarning uchinchi saralash bosqichidagi uy o'yinimiz vaqtiga to'g'ri kelmoqda. Shu sababli «Qayrat»ning uy arenasi uchrashuvni tashkillashtirish va o'tkazish uchun yopiq bo'ladi.
Yuzaga kelgan holatlarni hamda evrokuboklardagi tig'iz jadvalni inobatga olgan holda, klub UEFAga uchinchi saralash bosqichidagi ehtimoliy uy o'yinini boshqa joyga ko'chirish iltimosi bilan murojaat qildi.
Ushbu murojaat ko'rib chiqilgach, uchrashuvni Turkiston shahridagi «Turkiston Arena» stadionida o'tkazishga rozilik berildi. O'yinning aniq sanasi, vaqti va chiptalar sotuvi bo'yicha ma'lumotlar jamoaning evrokuboklardagi keyingi yo'li aniq bo'lganidan so'ng qo'shimcha ravishda e'lon qilinadi», — deyiladi «Qayrat» klubi xabarida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar