Kanada va Bosniya Jahon chempionatining ilk turida durang o'ynashdi

Kanada terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichining birinchi turi doirasida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.
O'yinda hisob 21-daqiqada burchak to'pidan so'ng bosniyaliklar hujumchisi Yovo Lukich tomonidan ochildi. Kanadliklar esa 78-daqiqada Kayl Larinning goli evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi.
Ikkinchi turda Bosniya terma jamoasi 18 iyun kuni Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi. Kanada esa 19 iyun kuni Qatar bilan kuch sinashadi.
JCh-2026. «B» guruhi. 1-tur
12.06.2026 | 23:59 «BMO Field», Toronto
KANADA — BOSNIYa VA GERTsEGOVINA — 1:1
Gollar: Yovo Lukich 21 (0:1), Kayl Larin 78 (1:1).
Kanada: Krepo, Lareya, Kornelius, De Fujerol, Jonston, Millar (Shaffelberg, 61), Eushtakiu, Kone, Byukenen (Axmed, 61), Oluvaseyi (Larin, 76), J. Devid (P. Devid, 61).
Bosniya va Gertsegovina: Vasil, Kolashinats (Burnich, 84), Muxaremovich, Katich, Dedich, Memich (Alaybegovich, 74), Bashich (Gigovich, 62), Taxirovich, Bayraktarevich (Shunich, 74), Lukich (Bajdar, 62), Demirovich.
Ogohlantirishlar: Jonston (12), De Fujerol (54) — Demirovich (45), Lukich (45).