Kanada terma jamoasi murabbiyi Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi JCh 1/16 final uchrashuvi oldidan fikr bildirdi

Amerikalik mutaxassis, Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh JCh-2026 1/16 finalidan o'rin olgan JAR milliy terma jamoasiga qarshi bo'lajak o'yin haqida gapirdi.
«Bu o'yinda bizni qiyinchiliklar, muvaffaqiyatlar va sinovlar kutmoqda, eng muhimi — biz ushbu chaqiriqlarning barchasini qabul qilishga tayyormiz. Men uchun, agar bu ish bilan pul topish uchun shug'ullanayotgan bo'lsang, bunday lahzalarning o'zi hayot demakdir», — deya Marshning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, kanadaliklik "B" guruhida ikkinchi o'rinni egallab, pley-offga yo'l olishdi. Marsh shogirdlari Qatar hamda Bosniya va Gertsegovinani ortda qoldirishdi, biroq Shveytsariyadan pastroq natija qayd etishdi. JAR jamoasi ham o'z guruhida faqatgina Meksikani oldinga o'tkazib, ikkinchi bo'lib marraga etib kelgan.
Pley-offning ushbu ilk o'yini bugun, 28 iyun kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv starti Toshkent vaqti bilan soat 24:00 ga to'g'ri keladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar