Kanada terma jamoasi JChda Meksikaning 40 yil oldingi noyob yutug'ini takrorladi

Kanada terma jamoasi jahon chempionati pley-off bosqichida boshqa konfederatsiya vakili ustidan g'alaba qozongan tarixdagi uchinchi KONKAKAF terma jamoasiga aylandi. Shu bilan birga, u oxirgi 40 yil ichida bunday natijaga erishgan birinchi jamoa bo'ldi, deb xabar bermoqda MisterChip o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi shaxsiy sahifasida.
Avvalgi holatlar:
-
Kuba — Ruminiya — 2:1 (1938 yil);
-
Meksika — Bolgariya — 2:0 (1986 yil).
1/16 final uchrashuvida Kanada terma jamoasi JAR (Janubiy Afrika Respublikasi) ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona golni 90+2-daqiqada Stefen Eushtakiu kiritdi.
Turnirning 1/8 finalida Kanada terma jamoasi Niderlandiya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi bahs g'olibi bilan o'ynaydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar