Kanada terma jamoasi italiyalik muxlislarga o'z liboslarini almashtirishni taklif qilmoqda

Kanada terma jamoasi JCh-2026 oldidan Italiya terma jamoasi muxlislariga o'z liboslarini Kanada terma jamoasi liboslariga almashtirishni taklif qildi.
«Aziz italiyalik futbol ishqibozlari! Yana to'rt yil kutmang. Libosingizni Kanadanikiga almashtiring. Aktsiya ertaga, 2026 yil 4 aprel kuni «Diplomatiko» kafesi oldida soat 10:00 dan 14:00 gacha bo'lib o'tadi!» — deyiladi jamoaning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
Shu haftada Italiya terma jamoasi JCh-2026 saralashining o'tish o'yinida Bosniya va Gertsegovinaga mag'lub bo'ldi (1:1, penaltilar bo'yicha — 1:4). Eslatib o'tamiz, italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilda jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etishgan edi.