Kanada milliy terma jamoasi forvardi Kayl Larin 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Qatarga qarshi kechgan g'alabali o'yindan so'ng jurnalistlar bilan muloqot qildi. Mundial mezbonlari mazkur bahsda 6:0 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.

«Jamoamiz butun dunyoga Kanada aslida nimalarga qodirligini ko'rsatib qo'ydi. Aytish mumkinki, ko'plab futbolchilarimizni avval tanishmasdi. Bizda jamoaviy ruh juda yaxshi rivojlangan. Oldinda bizni Shveytsariyaga qarshi uchrashuv kutmoqda, o'z ishimizni qilishda davom etishimiz kerak. Biz bundan ham yaxshiroq o'ynashga qodirmiz», — deya hujumchining so'zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

Kanada to'rt ochko jamg'argan holda o'z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Mezbonlar navbatdagi o'yinni 24 iyun kuni Shveytsariya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Manba: Stadion.uz