Kanada terma jamoasi futbolchisi Qatarga qarshi o'yinda oyog'ini sindirib oldi

JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Qatar — Kanada uchrashuvida jiddiy jarohat qayd etildi.
O'yin epizodlaridan birida Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Assim Madibo kanadalik Ismael Konega nisbatan qo'pol harakat qildi. To'qnashuv oqibatida Kanada futbolchisi og'ir jarohat oldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, unda oyoq suyagi sinishi kuzatilgan.
Bosh hakam VAR orqali vaziyatni ko'rib chiqqach, Madiboga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi. Jarohat olgan Kone maydonni mustaqil tark eta olmadi va zambilda olib chiqildi.
Hodisa sodir bo'lgan vaqtda Kanada terma jamoasi hisobda ishonchli tarzda oldinda borayotgan edi. Kayl Larin 16-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, Jonatan Devid 29 va 45+3-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi.
Bundan avval Qatar terma jamoasi tarkibida Homam Ahmad ham maydondan chetlatilgan edi. U 33-daqiqada so'nggi umid foli uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan.
Shu tariqa Qatar terma jamoasi uchrashuvning katta qismini to'qqiz nafar futbolchi bilan o'tkazishga majbur bo'ldi.
Manba: Stadion.uz