Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turidan o'rin olgan Kanadaga qarshi uchrashuv (1:1) oldidan Bosniya va Gertsegovina terma jamoasining ikki nafar muxlisi qo'lga olindi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Voqea o'yin boshlanishiga taxminan 50 daqiqa qolganda sodir bo'lgan. Toronto politsiyasiga tribunalardagi tartibbuzarliklar haqida xabar kelib tushgan. Natijada ikki nafar politsiya ofitseri hujumga uchragan va engil jarohat olgan. Bosniyalik muxlislar guruhiga mansub ikki erkak hibsga olingan. Ularga nisbatan politsiya xodimiga hujum qilish ayblovi qo'yilgan. Tribunalardagi dastlabki mushtlashuvda hech kim jarohat olmagan.

Uchrashuv Kanada terma jamoasi uchun o'z uyida o'tgan bo'lsa-da, bosniyalik ishqibozlar o'z jamoalarini juda kuchli tarzda qo'llab-quvvatlab turishdi. Manbaning baholashicha, shaharda 30 mingga yaqiin bosniyalik bo'lgan va ulardan taxminan 10 ming nafari stadionga tashrif buyurgan.