O'zbekiston milliy jamoasi 1-iyun kuni Kanada terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahsda terma jamoamiz to'liq tarkibda ishtirok etishi kutilmoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 2 iyun tongida — 06:00 da boshlanadi. Bahs Zo'r TV telekanali orqali jonli translyatsiya qilinadi.

Avval xabar berganimizdek, Abduqodir Husanov ham terma jamoa yig'iniga kelib qo'shildi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz Kanada bilan uchrashuvdan so'ng yana Nyu-Yorkdagi bazaga qaytadi va 8-iyun kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Niderlandiyaga qarshi uchrashuv uchun tayyorgarlikni davom ettiradi.

Xalqaro o'rtoqlik o'yini
KANADA - O'ZBEKISTON
2-iyun. 06:00. Zo'r TV

Manba: https://t.me/FAUzbekistan