2026 yilgi Jahon chempionati mezbonlaridan biri bo'lgan Kanada terma jamoasi mundial oldidan Irlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Monreal shahrida bo'lib o'tgan bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Uy egalari 23-daqiqada oldinga chiqib oldi — Irlandiya himoyachisi Jeyk O'Brayen o'z darvozasini ishg'ol qildi. 60-daqiqada esa irlandlar hisobni tenglashtirishdi. Gol muallifi Troy Parrott bo'ldi.

Bundan avvalgi o'rtoqlik uchrashuvida Kanada terma jamoasi O'zbekistonni 2:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh va Meksika bilan birgalikda Kanadada ham o'tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.

Kanada terma jamoasi V guruhidan joy olgan bo'lib, unda Jessi Marsh shogirdlari Bosniya va Gertsegovina, Qatar hamda Shveytsariya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.