Kanada murabbiyi JChdagi 6:0 hisobidagi g'alabaga izoh berdi

JCh-2026 guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan bahsda Kanada terma jamoasi Qatar ustidan 6:0 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Turnir mezbonlari ustozi Jessi Marsh uchrashuv yakunlanganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz aynan shuni — mana shunday futbol namoyish etishni istagan edik. Bu tomoshabinlarga yoqadi. Jamoa o'zini ajoyib tarzda ko'rsata oldi», — deya mutaxassisning so'zlarini BBC nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, guruh bosqichining 1-turida Kanada terma jamoasi Bosniya va Gertsegovina bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan edi.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo'lib o'tmoqda. Argentina terma jamoasi amaldagi chempion hisoblanadi.
Manba: Stadion.uz