Kanada terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatidagi o'yinda mag'lub bo'lmadi.

Jessi Marsh shogirdlari bugun Torontoda Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi bilan durang o'ynadi — 1:1.

Bu kanadaliklarning Jahon chempionatidagi ettinchi o'yini edi. Avvalgi oltita uchrashuv (1986 va 2022 yilgi Jahon chempionatlarida) ular umumiy 2:12 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan edi.

19 iyun kuni Kanada Qatar, 24 iyun kuni esa Shveytsariya bilan to'qnash keladi.