Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Shveytsariyaga qarshi uchrashuv yakunlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Men jamoamizning xarakterini yaxshi bilaman. Tarkibimizda har bir vaziyatda bor kuchini berishga tayyor bo'lgan futbolchilar yig'ilgan. Bunday o'yinlarda barchasini kichik detallar hal qiladi. Bahs boshida haddan tashqari ehtiyotkorlikka yo'l qo'ydik va etarlicha tajovuzkor o'yin ko'rsata olmadik. Shunga qaramay, men e'tiborni ko'proq ijobiy jihatlarga va jamoaning mag'lubiyatdan keyingi reaktsiyasiga qaratmoqchiman. Ko'rsatilgan qo'llab-quvvatlash uchun butun mamlakatga va muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Biz o'z maqsadimizga erishdik — pley-off bosqichiga yo'l oldik», — dedi mutaxassis o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuvda kanadaliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan bo'lsa-da, guruhda ikkinchi o'rinni saqlab qolgan holda musobaqaning pley-off bosqichi yo'llanmasiga ega chiqishdi.

Manba: Stadion.uz