Kan JCh-2026 haqida: «AQShga yaxshi kayfiyat bilan borib bo'lmaydi»

«Bavariya» va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan JCh-2026 haqida o'z fikrini bildirdi.
«Hozirda AQShda bizning qadriyatlarimizga to'g'ri kelmaydigan ko'plab voqealar sodir bo'lmoqda. Bunga misol sifatida [Erondagi] urushni keltirish mumkin.
Men Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytganidan beri amalga oshirgan barcha ishlarni sanab o'tmoqchi emasman. Hozirgi vaziyatda u erga yaxshi kayfiyat bilan borishning iloji yo'q», — dedi Oliver Kan.