Kamoliddin Tojiev: «Tezkor gol bizga yordam berdi»

Superliga 25-turida "Paxtakor" "Qizilqum" ustidan 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. O'yindan so'ng "sherlar" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Tezkor gol urib oldik. Bu bizga yordam berdi, sababi raqib ham ochilishga majbur bo'ldi. Qizil kartochkadan so'ng o'yinimiz yana o'zgardi. Yigitlarga rahmat.
Keyingi o'yinga rejalarimiz bor. Ularni ochiqlay olmayman. Reja bo'yicha ish tutamiz. Bizda 11 nafar emas, 20 futbolchi bor. Barchani bir xil ko'ramiz. Har bir pozitsiyaga ikki futbolchi bor», - dedi murabbiy.
Manba: "Paxtakor" klubi matbuot xizmati