Buxoroda kechgan bellashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev bahs haqida fikrlarini bildirdi.

"O'yinning qiyin kechishini bilardik. Raqibimiz juda kurashuvchan jamoa, ular osonlikcha engilishmaydi. Birinchi bo'limda bir necha vaziyat yaratdik va gol urdik. Tanaffusdan so'ng mezbonlar to'pni darhol oldinga etkazishni boshlashdi. Biz esa himoyada xatosiz harakat qildik. Uchrashuv oxirida himoyaga yana bir o'yinchi qo'shdik. Muhim g'alabaga erishdik deb o'ylayman", — dedi Tojiev.

Manba: pakhtakor.uz