Kamoliddin Tojiev "Nasaf" ustidan qozonilgan g'alabaga munosabat bildirdi

"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev Superliga 29-turidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi o'yindagi (1:0) g'alabaga munosabat bildirdi.
«Jamoalar muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol namoyish etishdi. Ko'plab vaziyatlar yuzaga keltirildi. Kim imkoniyatdan foydalansa, o'sha jamoa yutib ketadigan bahs edi. Biz o'sha to'pni kiritdik va g'alaba qozondik.
Terma jamoa safidan futbolchilar kecha tunda qaytib kelishdi. Tiklanishdi va bugun maydonga tushishdi. Ularga rahmat aytaman», - dedi Tojiev matbuot anjumanida.