Superliga 8-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Dinamo"ni mag'lub etganidan so'ng (4:2), "sherlar" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«O'yinni tezkor gollar bilan boshladik, biroq xotirjamlikka berilganimiz sababli xuddi shunday tez gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda uchinchi to'pni kiritganimiz bahsni o'zgartirib yubordi. Keyin yana vaziyatlar yaratdik va uchrashuv taqdirini hal qildik.

O'tkazilgan gollarda o'zimiz xatoga yo'l qo'ydik. Xatolarni tahlil qilib chiqamiz. Yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi, ularga rahmat aytaman», - dedi Tojiev.

Manba: "Paxtakor" matbuot xizmati
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.