Frantsiyalik yarim himoyachi Eduardo Kamavinga 13 iyul kuni Madridning «Real» klubi ixtiyoriga etib keladi. Bu haqda Diario AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Kamavinga ta'tildan qaytishi bilanoq, jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan o'z kelajagini belgilab olish uchun yuzma-yuz uchrashuv o'tkazadi. Tomonlar yarim himoyachining jamoadan ketishi yoki qolib, murabbiyni o'z imkoniyatlariga ishontirishga harakat qilishi borasida bir qarorga kelishadi.

Yakunlangan mavsumda 23 yoshli Kamavinga barcha turnirlarda jami 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Kamavinganing «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz