Kamavinganing qaytishi cho'zilmoqda

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga hali maydonga qaytishga tayyor emas.
Frantsiyalik futbolchi La Liganing navbatdagi turida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi rejalashtirilgan edi, biroq yarim himoyachining jarohatdan so'ng safga qaytishi cho'zilmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Mario Kortexana. Klub 22 yoshli futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaydi. Yakuniy tiklashning aniq muddatlari noma'lum bo'lib qolmoqda.
Eduardo Kamavinga aprel oyidan beri maydonga tushmayapti. "Real Sosedad" - "Real Madrid" uchrashuvi shanba kuni bo'lib o'tadi, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanishi rejalashtirilgan.