"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga boshqa top-klublarning e'tiborini tortishda davom etmoqda.

Jurnalist Serxio Valentinning ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubi frantsiyalik futbolchining transferi bo'yicha "Chelsi"dan taklif olgan. "Qirollik klubi" "ko'klar"ning taklifini qabul qilgan bo'lsa-da, futbolchining o'zi unga rad javobini berdi — u yozgi transferlar oynasida "Real"ni tark etishni istamayapti.

Eduardo Kamavinga 2021 yilda "Renn"dan "Real"ga 31 million evro evaziga o'tgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Madrid klubi safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuv o'tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Manba: Stadion.uz