Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Chempionlar ligasi chorak finali doirasida bo'lib o'tgan "Bavariya"ga qarshi o'yindan (4:3) so'ng muxlislarga murojaat qildi.

Frantsiyalik futbolchi 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 78-daqiqada Kamavinga birinchi sariq kartochkani olgan bo'lsa, 86-daqiqada ikkinchi sariq kartochkasi uchun maydondan chetlatildi. Uning chetlatilishidan so'ng “qaymoqranglar” ikki gol o'tkazib yubordi.

«O'z aybim uchun javobgarlikni o'z zimmamga olaman. Jamoamiz va "Real Madrid" muxlislaridan uzr so'rayman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat», — deb yozdi Eduardu Kamavinga.

Eslatib o'tamiz, Kamavinga raqib futbolchisi Xarri Keynga qarshi qoidabuzarlikdan keyin to'pni olib, o'yin joyidan uzoqlashgani uchun ikkinchi sariq kartochka bilan jazolangan.

Manba: championat.com