Kamavinga Mbappe haqida: "U 8 yildan beri Frantsiya uchun juda muhim figura bo'lib kelmoqda"

«Real Madrid» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jamoadoshi Kilian Mbappening Frantsiya terma jamoasi uchun qanchalik ahamiyatli ekani haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Mbappe so'nggi 7-8 yildan beri Frantsiya uchun muhim rol o'ynab kelmoqda. Bu hayratlanarli. U juda mehnatkash va doimo jamoasiga yordam beradi. Ilgari u "PSJ"da o'ynagan va biz bir-birimizga qarshi juda ko'p maydonga tushganmiz. Endi esa u biz bilan birga — ham Frantsiya terma jamoasida, ham "Real"da to'p surmoqda, bu esa yanada yaxshiroq. U aql bovar qilmas darajada iqtidorli», — dedi Kamavinga ESPN nashriga bergan intervyusida.
Kilian Mbappe 2017 yildan buyon Frantsiya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U «uchranglilar» safida 96 ta o'yin o'tkazib, 56 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Milliy jamoa tarkibida hujumchi 2018 yilgi Jahon chempioni va 2021 yilgi Millatlar ligasi g'olibiga aylangan.