Kamavinga Jahon chempionatidan chetda qolishi mumkin

Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing mundialga borishi so'roq ostida qolmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham Jahon chempionatiga yo'l oladigan futbolchilarning to'liq ro'yxatini bugun, 14 may oqshomida TF1 telekanali efirida rasman e'lon qiladi.
AS nashrining xabariga ko'ra, so'nggi haftalarda «Real Madrid» futbolchisining turnirdagi ishtiroki jiddiy shubha ostiga olingan. Bunga Kamavinganing joriy mavsumdagi beqaror o'yini, «Bavariya»ga qarshi bahsdagi chetlatilishi va maydon markazidagi yuqori raqobat sabab bo'lmoqda.
Mart oyidagi o'yinlar holatiga ko'ra, Kamavinga yarim himoyachilar reytingida Orelen Tchuameni, Uorren Zair-Emeri, N’Golo Kante va Adrien Rabodan keyingi, ya'ni beshinchi tanlov sifatida ko'rilgan. Shuningdek, «Lion»da ajoyib mavsumni o'tkazgan Korenten Tolisso ham unga qo'shimcha raqobat tug'dirishi mumkin.