Kamavinga Angliyaga yo'l olishi mumkin

"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga shu yozda Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Frantsuz futbolchisi "Los Blankos"ning doimiy asosiy tarkibida o'ynamaydi va "qirollik klubi" yarim himoyachini sotishni ko'rib chiqayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan.
Xabarlarga ko'ra, hozirda "Liverpul" Kamavinga uchun kurashda etakchilik qilmoqda, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham 23 yoshli futbolchiga ko'z tikmoqda.
Agar futbolchi "Real Madrid"ni tark etishga qaror qilsa, uning o'zi Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klubni tanlashi mumkin. Potentsial kelishuv 80 million evrodan ortiqqa baholanmoqda.