Kamada «Kristal Pelas» bilan shartnomani uzaytiradi

Yarim himoyachi Daiti Kamada «Kristal Pelas» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, kelishuvning barcha tafsilotlari allaqachon kelishib olingan va rasmiylashtirish yaqin 24 soat ichida kutilmoqda. Yangi shartnoma 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Yaponiyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etayotgan edi. Kamada «Kristal Pelas» safida 2024 yilning iyulidan buyon to'p suradi; o'shanda u «Latsio»dan ketgach, erkin agent sifatida klubga o'tgandi.
29 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 46 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klubi Konferentsiyalar ligasi g'olibiga aylandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar