"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-liganing "Vulverxempton"ga qarshi o'yinidan oldin kadrlar holati haqida gapirdi.

"Kalafori yaxshi. U bugun biz bilan mashg'ulot o'tkazdi. U o'zini yaxshi his qilmoqda va umid qilamanki, ertaga tayyor bo'ladi.

Nimaga? U shunchaki charchagan edi. U "Uigan"ga qarshi ko'p o'ynadi va son mushaklarida biroz noqulaylikni his qildi. Hammasi joyida", — dedi Arteta.