Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Rikardo Kalafori bo'lajak jahon chempionatida Italiya terma jamoasi safida maydonga tushishga umid qilmoqda.

"Skuadra Adzurra" o'tgan ikki mundialni sensatsion tarzda o'tkazib yuborgandi.

"Italiya yana bir jahon chempionatini o'tkazib yuborishini tasavvur ham qila olmayman. Avvalgi ikki muvaffaqiyatsizlik biz uchun juda og'riqli tajriba bo'ldi va bunday holat takrorlanmasligi uchun qo'limizdan kelganini qilamiz," - dedi Kalafori Estoniyaga qarshi o'yin oldidan.

Italiya terma jamoasi 9 ochko bilan saralash guruhida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va bitta zaxira o'yini bilan Norvegiyadan 6 ochko ortda qolmoqda.