Kalafori: "G'alabaga loyiq edik"

Mikel Arteta jamoasi "Sanderlend"ga qarshi bahsda ochko yo'qotdi. "To'pchilar" himoyachisi Rikardo Kalafori bu borada fikr bildirdi.
"Juda ham hafsalamiz pir bo'ldi.
Ayniqsa, o'yinning oxiriga yaqin kambek qilib, keyinchalik ustunlikni boy berganimizni hisobga olsak, bu kishini juda xafa qiladi.
Ikkinchi bo'limdagi munosabatimiz menga yoqdi. Biz ustunlik qildik va g'alabaga loyiq edik. Biz "Sanderlend"dan yaxshiroq o'ynadik, ammo bu bitta qiyinchilik, bitta o'yin edi", dedi Kalafori o'yindan keyin jurnalistlarga.