"Roma" tarbiyalanuvchisi Rikkardo Kalafori o'zining o'tmishi va kelajagi bilan bog'liq turli mavzular haqida gapirdi.

Kalafori hozirda Londonning "Arsenal" jamoasi sharafini himoya qiladi, u 2024 yilda "Bolonya"dan 43,7 million evro evaziga transfer qilingan.

"Ertami-kechmi, men "Roma"ga qaytishni istayman.

Men kelajakdagi faoliyatim uchun reja tuza olmayman, lekin buni juda xohlayman. Bu tugallanmagan missiya", dedi futbolchi.