Kalafori APL va A Seriyani solishtirdi

Italiya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Rikkardo Kalafori Italiya va Angliya chempionatlarini taqqoslab ko'rdi.
"Italiyada muxlislar birinchi daqiqadan so'nggi daqiqagacha tinmay qo'shiq aytishadi. Atmosfera o'zgacha. Angliyada hammasi boshqacha - balki ular kamroq kuylashar, ammo jarayonga butun stadion aralashadi", - deya Kalaforining so'zlarini keltiradi Versus.
"Gol urganingizda yoki muhim podkatni amalga oshirganingizda, sizni darhol energiya quvvati egallab oladi. Italiyada bu ko'proq ultras haqida, bu erda esa butun stadion seni qo'llab-quvvatlayotgandek tuyuladi".
Rikkardo Kalafori o'tmishda "Roma", "Jenoa" va "Bolonya" klublarida to'p tepgan. U 2024 yilda "Arsenal"ga o'tgan va shu vaqt ichida 33 ta o'yinda (4 ta gol, 4 ta golli uzatma) maydonga tushgan.