Kabo-Verde terma jamoasi jahon chempionatiga yo'l oldi.

Bubishta boshqaruvidagi jamoa JCh-2026 saralashining 10-turida Esvatini terma jamoasini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va 23 ochko bilan saralash bosqichini o'z guruhida birinchi o'rinda yakunladi.

Kabo-Verde terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi.

JCh-2026 kelasi yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.