Kabo-Verde terma jamoasi guruhda birorta ham g'alaba qozonmay pley-offga chiqdi – JChda 28 yildan beri bunday holat kuzatilmagandi

Kabo-Verde terma jamoasi sensatsion tarzda guruhda ikkinchi o'rinni egalladi va Jahon chempionatining 1/16 finaliga yo'l oldi.
So'nggi tur bahsida kabo-verdeliklar Saudiya Arabistoni bilan golsiz durang o'ynashdi, bundan avval esa Urugvay (2:2) va Ispaniya (0:0) bilan ochko bo'lishishgandi. Bu natija pley-offga chiqish uchun kifoya qildi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, Kabo-Verde Jahon chempionatida birorta ham g'alabasiz guruhdan chiqqan 28 yil ichidagi ilk terma jamoadir. JCh-1998 musobaqasida Chili ham xuddi shunday uchta durang bilan buni uddalagan edi.
E'tiborli jihati, Kabo-Verde JCh-2010 yilgi Slovakiyadan keyin pley-offga chiqqan ilk mundial debyutanti bo'ldi.
1/16 finalda Afrika vakillari amaldagi chempion – Argentinaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar