Kabo-Verde bosh murabbiyi: «Futbolchilarim bilan faxrlanaman»

Kabo-Verde terma jamoasi bosh murabbiyi Leytan Britu Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichining ilk raundida Argentinadan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi. Afrikalik futbolchilar qo'shimcha bo'limlarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, nufuzli turnirni tark etishdi.
«Jamoamiz Jahon chempionatida vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. Biz amaldagi jahon chempionlari bilan bahsda ikki marta hisobni tenglashtira oldik, Argentina bilan qo'shimcha taymgacha etib bordik. Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz aslida kim ekanligimizni butun dunyoga ko'rsatib qo'ydik», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati.
Afrikaliklarni mag'lub etgan Argentina terma jamoasi JCh-2026ning nimchorak finaliga yo'l oldi. «Albiseleste» o'zining navbatdagi uchrashuvini 7 iyul kuni Misr terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar