Kabalero: "Barcha futbolchilardan faxrlanamiz"

"Chelsi" murabbiylar shtabidagi Villi Kabalero "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
London klubi Premer-liganing 7-turida Estevaoning qo'shib berilgan 5-daqiqada urgan goli evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Estevao yaxshi. U hozir juda xursand. Albatta, oxirgi soniyalarda uch ochko qo'lga kiritganimizdan juda xursandmiz. Barcha futbolchilardan faxrlanamiz.
Ular ajoyib ish qilishdi"