Jurnalistlar «Real» Olisega qanday shartlar taklif qilishini bilib olishdi

«Real» yaqin orada «Bavariya» va Frantsiya terma jamoasining 24 yoshli yarim himoyachisi Maykl Olisega shaxsiy shartnoma shartlarini yuboradi. Bu haqda futbol insayderi Migel Serrano xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, «qaymoqranglilar» Olise bilan 6 yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Kelishuv shartlariga ko'ra, frantsiyalik futbolchining klubdagi boshlang'ich maoshi yiliga 10 million evroni tashkil qiladi. Shartnoma yakuniga borib esa bu maosh yiliga 20 million evrogacha ko'tariladi.
Ma'lumot uchun, Olise 2024 yilda «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga o'tgan edi. Ortda qolgan mavsumda u myunxenliklar tarkibida 52 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar