Jurnalist Rafinyaning kelajagi haqida: «Uni sotish mantiqqa to'g'ri kelishi mumkin»

Jurnalist Joan Mariya Batlening fikriga ko'ra, «Barselona» rahbariyati shu yozda Rafinya Diasning sotuvini ko'rib chiqishi mumkin.
29 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirmoqda.
«Rafinya bilan bog'liq vaziyat har qachongidan ham mavhum bo'lib turibdi. Jarohatlar, Saudiya Arabistoni haqidagi mish-mishlar, Gordonning sotib olingani va klubga katta miqdordagi mablag' kerakligi — bularning barchasi iqtisodiy nuqtai nazardan «Barselona» uchun hozir Rafinya bilan xayrlashish mantiqli qadam bo'lishini ko'rsatmoqda. Ehtimol, uni sotish uchun eng yaxshi payt aynan hozirdir. Sport nuqtai nazaridan esa bu juda murakkab masala, chunki Rafinya baribir Rafinyaligicha qoladi. Endi hamma narsa uning o'ziga bog'liq bo'ladi», — deya Batlening so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o'tamiz, yaqinda braziliyalik yulduz navbatdagi jarohatini oldi, shu sababli u Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar