Jurnalist Gexining "Manchester Siti"ga o'tishining moliyaviy shartlarini oshkor qildi

Himoyachi Mark Gexi tez orada "Kristal Pelas"dan "Manchester Siti"ga o'tishi kutilmoqda. Taniqli jurnalist Florian Plettenberg 25 yoshli futbolchining transfer shartlari haqida ma'lumot berdi.
Plettenbergga ko'ra, Gexi transferi uchun "Kristal Pelas" 26 million funt (30 million evro) olishi kafolatlangan. Bonuslar hisobiga summa 3 million funtga (3,5 million evro) oshishi mumkin.
Mark Gexining maoshi soliqlar to'lanmagan holatda bonuslar bilan yiliga 18 million evroni tashkil etadi.