Julio Sezar "Bavariya"ga Noyer o'rniga darvozabon taklif qildi

Julio Sezarning fikricha, Gabriel Brazao "Bavariya"da Manuel Noyerning o'rnini egallashi mumkin.
24 yoshli darvozabon hozirda "Santos" sharafini himoya qilmoqda.
"Bizning Braziliyada ajoyib darvozabon bor. Noyer "Bavariya"ning qahramoni, ammo u 40 yoshga yaqinlashib qoldi va ular kelajak haqida o'ylashlari kerak.
Manuel ajoyib darvozabon, u menga juda yoqadi. U dunyodagi eng yaxshilardan biri," - deydi "Inter"ning sobiq darvozaboni Sezar Sky Sport nashriga bergan intervyusida.