«Real» yarimhimoyachisi Jud Bellingem elkasidan o'tkazilgan operatsiyadan keyin tez sur'atda tiklandi va jamoaning yaqindagi uchrashuvlarida maydonga tushishni istamoqda.

«Marca»ning shifokori va tibbiy maslahatchisi Luis Ripolning fikricha, angliyalik futbolchining jarohati qaytadan qaytalanishi ehtimoli yo'q emas.

«Bunday operatsiyadan keyin retsidiv xavfi nisbatan past — o'rtacha 5–10%dan oshmaydi, ayniqsa reabilitatsiya muddatlariga rioya qiladigan va shifokor tavsiyalariga amal qiladigan bemorlarda. Biroq professional sportchilarda yuklama juda yuqori bo'lgani uchun elka barqarorligi qayta buzilishi ehtimoli kamida 25%. Futbolchilar doimiy ravishda korpus bilan kurashishadi, ayniqsa Bellingem o'ynaydigan maydon markazida. Bunday yuklamalar elka bo'g'imining chidamliligi va barqarorligini jiddiy sinovdan o'tkazadi. Hatto operatsiya muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda ham keskin to'qnashuvlar, yiqilishlar yoki to'p uchun kurash qaytadan siljish yoki mikro-jarohatlarga olib kelishi mumkin, ayniqsa agar bo'g'im jarrohlikdan so'ng to'liq mustahkamlanmagan bo'lsa», — deya ta'kidladi Ripol.

Eslatib o'tamiz, 20 sentyabr kuni «Real» o'z maydonida «Espanol»ga qarshi bahs olib boradi.