Joze Mourinyo: "Real" g'alabaga loyiq edi, ammo "Espanol" mag'lubiyatga loyiq emas edi"

"Menchalik, biz g'alabaga loyiq edik, ammo "Espanol" mag'lubiyatga loyiq emas edi. Biz o'yinni ajoyib nazorat qildik, bosim o'tkazdik, juda ko'p tavakkal qildik va o'ylaymanki, g'alabaga loyiq edik. Ammo "Espanol" kabi o'ynaydigan, ular kabi himoyalanadigan, shunchalik xavfli qarshi hujumga o'tadigan va uyushqoq jamoa uchun uyga quruq qo'l bilan qaytish og'ir. Lekin takrorlayman: biz g'alabaga loyiq edik".
Kommentariyalar