Joze Mourino “Real” himoyasini “Manchester Siti” futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa himoya chizig'ini kuchaytirish yo'lida “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Ruben Diash variantini “qirollik klubi” rahbariyatiga taklif qilgan.
AS nashri xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar” portugaliyalik futbolchini transfer qilish variantini Ibrohim Konateni sotib olishdan oldin ham ko'rib chiqqan edi. Biroq, manbaning ta'kidlashicha, Diashning Ispaniya grandiga o'tishi deyarli imkonsiz ish. Bunga sabab shuki, “shaharliklar” o'z etakchisini sotishni rejalashtirmayapti.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Ruben Diash barcha turnirlar doirasida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ygan. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, 29 yoshli himoyachining hozirgi bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar